Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi birinchi prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarov BBC’ga bergan intervyusida prezidentlik muddati davomida avtoritar hokimiyat o‘rnatish xohishi yo‘qligini aytib, O‘zbekiston misolini keltirdi. «Karimov davrida kuchli diktatura edi. Shavkat Mirziyoyev kelgach, diktaturani olib tashlab, dunyoga eshigini ochdi. Agar diktatura o‘rnataman desa, Karimovning diktaturasini davom ettirsa bo‘lardi. Davom ettirmadi-ku. Bu har bir odamning o‘ziga bog‘liq», — dedi Japarov.
Prezident iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsidida «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasini ilgari surdi. Har bir hududdan 100 tadan g‘oya — jami 1400 ta g‘oya yig‘ilishi kutilmoqda.
O‘zbekistondagi 129 ta OTMda 500 ming nafar talaba tahsil oladi, lekin ular yetarlicha yotoqxonalar bilan ta’minlanmagan. Toshkentda 13 foiz talabalar yashash joyi bilan qamrab olingan. Shavkat Mirziyoyev talabalar turar joylari sonini ko‘paytirishni buyurdi. «Bitta xonada 4 kishi bo‘lsin, platskartaga o‘xshab», — dedi u.
Ilgari erishilgan kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston va Koreya prezidentlari onlayn uchrashuv o‘tkazadi. Kun tartibidan strategik sheriklik munosabatlari o‘rin olgan. Sammit yakunida esa yangi tashabbuslarni ilgari surish ko‘zda tutilgan hujjatlar imzolanadi.
Shavkat Mirziyoyev yaqin orada bir hokim va bir vazirni ishdan olishini ma’lum qildi. lekin ularning ismlarini aytmadi. Hokim haqida gapirar ekan, «Sadoqatli odam, lekin ishni bajara olmayapti. Aravani tortmayapti», — dedi prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Yig‘ilishda ilk bor rasmiy statistikada hisobga olinmagan yoshlar orasidagi ishsizlik ko‘rsatkichlari e’lon qilinishi kutilmoqda.
Prezident barcha darajadagi rahbarlarga o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganishga oid topshiriq berdi. Yig‘ilishda vertikal tizim yo‘lga qo‘yilishi, unga 20 mingdan ortiq xodim jalb etilishi va masalani joyida hal etish bo‘yicha ularga barcha vakolatlar berilishi aytildi.
Toshkent davlat yuridik universitetining 31 yoshli kafedra mudiri Huseyn Rajabov prezident bilan uchrashuvda yuristlar uchun yagona malakalovchi imtihon tizimini joriy etishni taklif qildi. Shavkat Mirziyoyev bu imtihondan 90 foiz yuristlar o‘ta olmasligini ma’lum qildi, biroq ushbu g‘oyani o‘rganib chiqishini aytdi. Prezident yosh mutaxassisga Oliy sudda ishlashni taklif qildi, biroq u kafedra mudiri sifatida qolishni so‘radi.
Buxorolik dasturchi Saidravshan Shakirov Shavkat Mirziyoyevdan davlat loyihalarini ishonib topshirishini so‘radi. Prezident unga uchta ustuvor yo‘nalish — qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va xalq ta’limini taklif etdi. IT-tadbirkor o‘z jamoasi bilan loyihalarni birma-bir amalga oshirishi mumkinligini aytdi.
Prezident buxorolik mehnat faxriysi Ne’mat ota Xotamov xonadonida mehmon bo‘ldi. O‘tgan yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilgandi. Shu bilan davlat rahbarining safariga yakuniga yetib, Toshkentga qaytib keldi.
Prezident Buxoroda Xalq deputatlari viloyat kengashining yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi juda orqada qolayotganini ta’kidladi. Tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev hamda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevni ishdan bo‘shatishini aytdi.
Hozirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida bo‘lgan kollejlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘tkaziladi. «Kollejlarning joyi shu vazirlikda, oliy ta’limda emas», — dedi prezident.
Prezident Buxorodagi 65 mlnlik to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonaning Buxoro, Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida savdo dokonlari bor, mamlakatda yana 50 tasini ochish ko‘zlangan. Xorijdagi O‘zbekiston elchixonalari yordamida chet elda ham savdo nuqtalarini ochish reja qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi «Buxoro Varnet» korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonada o‘tgan yili qariyb 20 mlrd so‘mlik mahsulot yetishtirilib, 1 mln dollarlik eksport qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev mamlakat mafkurasining asosiy g‘oyasini nimalar tashkil etishini sanab o‘tdi. «Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi», — dedi prezident.
«Ijod» jamoat fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etiladi. 120 mlrd so‘m ajratilishi ta’kidlandi. Yig‘ilishda ma’naviyat va ma’rifat sohasi ixtisosliklarini fanlar klassifikatoriga kiritish, bu yo‘nalish bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar ham berildi.
Loyihadan tortib nazoratgacha — prezident hujjatlari ijrosining yangi to‘rt bosqichli tizimi joriy etiladi. «Ijro tizimidagi eng katta muammo — dunyoqarash o‘zgarmayotgani, bilimsizlik va mas’uliyatsizlik», — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev 10 kun ichida ikki nafar vazir hamda bir qancha vazir o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilganiga to‘xtaldi. Qolaversa, davlat rahbari ikki nafar bosh vazir o‘rinbosarining “oxirgi xayfsan bilan zo‘rg‘a ishda qolganini” aytdi. “Aravani tortmasa, ketishi kerak”, — dedi prezident.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting